Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda o'tadilar:
- Qizil avtomobil, tramvay, yashil, ko'k avtomobilQizil avtomobil ikkinchi darajali yo'lda va asosiy yo'ldagilarga yo'l berishi kerak. Tramvay qoidalarga ko'ra imtiyozga ega, shuning uchun qizil avtomobil birinchi o'ta olmaydi.
- Tramvay, qizil, ko'k, yashil avtomobilKo'k avtomobil yashildan oldin o'tolmaydi. Ikkinchi darajali yo'ldagi haydovchi asosiy yo'ldagilarga yo'l beradi, shu sababli bunday tartib qoidalarga zid.
- Tramvay, qizil, yashil, ko'k avtomobil
Tushuntirish
YHQ 16-bobi 104-Bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo'lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'lda bir yo'nalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega. YHQ 16-bobi 106-bandiga asosan: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.