Ko'rsatilgan avtotsisternalardan qaysi biri burilishda ag'darilib ketish xavfi kamroq, turg'unroq?
- Suyuqlik bilan 75 foizgacha to'ldirilganiQisman to'ldirilgan sisternada suyuq yuk bir bortdan ikkinchisiga erkin ko'chadi, tebranadi va bortlarga uriladi. Bu muvozanatni yo'qotib, ag'darilishga olib kelishi mumkin.
- Suyuqlik bilan to'liq to'ldirilgani
Tushuntirish
Yuk avtomobilining muvozanati yo'qolishiga mahkamlanmagan yuk sabab bo'ladi. Burilishdagi harakat vaqtida mahkamlanmagan yuk, yuk platformasidan ko'chib, bortlariga urilishi va avtomobilning ag'darilishiga sabab bo'lishi mumkin. O'xshash holat suyuq yuk ortgan sisternali avtomobillari harakatlanishida ham yuzaga keladi. Suyuq yuk ortgan avtomobillarning burilishlarda harakatlanishi jarayonida yukning bir bortdan ikkinchi bortga ko'chishi yuzaga keladi. Suyuq yuk tebranib bortlarga urilishi natijasida avtomobilning muvozanati yo'qolishiga olib keladi.