YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 84Bilet 5Svetofor ishoralari

Ushbu svetofor qaysi harakatlanishni tartibga solish uchun qo'llanadi?

Ushbu svetofor qaysi harakatlanishni tartibga solish uchun qo'llanadi?
  1. Qatnov qismining butun kengligi bo'yichaBunday svetofor qatnov qismining butun kengligini tartibga solmaydi. U faqat ustiga o'rnatilgan tasmani boshqaradi: qizil X taqiqlaydi, yashil strelka ruxsat beradi.
  2. Qatnov qismidagi harakatlanish yo'nalishi qarama qarshi tomonga o'zgaradigan tasmalar bo'yicha
  3. Faqat belgilangan yo'nalishdagi transport vositalari uchun mo'ljallangan tasma bo'yichaBu marshrut transport vositalari uchun svetofor emas. Reversiv svetofor harakat yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgaradigan tasmalarni tartibga soladi.

Tushuntirish

YHQ 7-bobi 35-bandiga asosan: Qatnov qismidagi harakatlanish yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi mumkin bo'lgan tasmalarida transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun X-simon qizil ishorali va pastga yo'nalgan ko'rsatkich ko'rinishidagi yashil ishorali reversiv svetoforlar qo'llaniladi. Bu ishoralar qaysi tasma ustiga o'rnatilgan bo'lsa, unda harakatlanishni taqiqlaydi yoki harakatlanishga ruxsat beradi. Ikki tomoni 1.9 yo'l chizig'i bilan belgilangan tasma ustiga o'rnatilgan va ishoralari o'chirilgan reversiv svetofor shu tasmaga kirishni taqiqlaydi.

YHQ testini bepul yechish