Svetoforning qaysi ishorasida avtomobil haydovchisi qayrilishni tugallashi mumkin?
- QizildaQizil ishorada qayrilishni tugatib bo'lmaydi: ikkinchi svetofor oldida to'xtash chizig'i bor, shuning uchun haydovchi to'xtab, ruxsat etuvchi ishorani kutishi shart.
- Yashilda
- IstalgandaIstalgan ishorada emas: ikkinchi svetofor oldida to'xtash chizig'i bor, haydovchi shu svetofor ishorasiga amal qilishi kerak. Qizil va sariq ishora harakatni taqiqlaydi.
Tushuntirish
YHQ 15-bobi 102-bandiga asosan: Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi, undan chiqishdagi svetofor ishorasidan qat'i nazar, belgilangan yo'nalishda harakatini davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining harakatlanayotgan yo'lida joylashgan svetoforlar oldida to'xtash chiziqlari (yoki 5.33 yo'l belgisi) bo'lsa, u har bir svetofor ishorasiga amal qilishi shart.