Qizil avtomobil chorrahani nechanchi bo'lib kesib o'tadi?
- Birinchi bo'libBirinchi bo'lib asosiy yo'ldagi mashina o'tadi: ikkinchi darajali yo'ldagi haydovchi harakat yo'nalishidan qat'i nazar unga yo'l berishi shart.
- Ikkinchi bo'lib
- Oxirgi bo'libOxirgi bo'lib o'tmaydi: u asosiy yo'lga yo'l beradi, ikkinchi darajali yo'ldagi haydovchilar bilan esa teng ahamiyatli chorrahalar qoidasi bo'yicha o'tadi.
Tushuntirish
YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo'lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 106-bandiga asosan: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.