Sanab o'tilgan hollarning qay birida qatnov qismining o'ng chetidan yoki yo'lning o'ng yoqasidan qayrilib olishga ruxsat etiladi?
- Tartibga solingan chorrahalardaTartibga solingan chorrahada bunday qayrilishga ruxsat yo'q: o'ng chetdan qayrilish qoidasi faqat chorrahadan tashqarida qo'llanadi.
- Chorrahalardan tashqarida, agar qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan qayrilib olish uchun yetarli bo'lmasa
- Tartibga solinmaydigan chorrahalarda, agar qayrilib olishni amalga oshirayotgan transport vositasi asosiy yo'lda bo'lsaAsosiy yo'lda bo'lish bunday huquq bermaydi: o'ng chetdan qayrilishga faqat chorrahadan tashqarida va chetki chap holatdan qayrilish uchun kenglik yetmaganda ruxsat etiladi.
Tushuntirish
YHQ 9-bobi 59-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Chorrahadan tashqarida qayrilib olishda, agar qatnov qismining kengligi manyovrni chetki chap holatdan bajarish uchun yetarli bo'lmasa, uni qatnov qismining o'ng chetidan (o'ng yo'l yoqasidan) amalga oshirishga yo'l qo'yiladi. Bu holda haydovchi shu yo'nalishdagi va qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalariga yo'l berishi shart.