Yuk avtomobilining yukxonasida 8 nafardan ko'p odamlarni tashish qaysi haydovchilarga ruxsat beriladi?
- «C» toifadagi transport vositasini boshqarish huquqi guvohnomasi bo'lib, shu avtomobilda uch yillik ish davriga ega bo'lgan haydovchilargaFaqat «C» toifasi va uch yillik staj yetarli emas. Bunday haydovchi yukxonada kabinadagilar bilan birga 8 nafargacha odam tashiy oladi. Undan ko'p odam uchun «C» va «D» toifalari hamda ulardan biri bo'yicha 3 yildan ortiq staj kerak.
- «D» va «C» toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo'lgan va shu toifadagi transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilarga
Tushuntirish
YHQ 26-bobi 152-bandiga asosan: Yuk avtomobilining yukxonasida odam tashish «S» toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo'lgan, odamlar soni kabinadagi yo'lovchilarni ham qo'shib hisoblaganda 8 nafardan ortiq bo'lganda esa, «S» va «D» toifalaridagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo'lgan va shu toifaga taalluqli transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak. Harbiy haydovchilarga yuk avtomobillarida odam tashishga ruxsat berish O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.