Benzin bug'idan zaharlanishning alomatlari qanday?
- Ko'z o'ngi qorong'ilashadi, bosh aylanadi, muvozanat yo'qoladi, yiqiladi. Tomir urishi sekinlashadi. Oyoq-qo'l soviydiKo'z o'ngining qorong'ilashishi, yiqilish, oyoq-qo'llarning sovishi va bosimning tushishi boshqa holatga xos. Benzindan zaharlanganda odam mast kabi qo'zg'aladi, boshi og'riydi, ko'ngli aynib, qusadi, tomir tortishadi.
- Mastga o'xshab harakatlanadi, bosh aylanadi, og'riydi, ko'ngil ayniydi, qayt qiladi, mushaklari tortishadi, nafas olish sekinlashadi
Tushuntirish
Etillangan benzin (tetraetilqo'rg'oshin qo'shilgan benzin)ning birdan katta miqdori havoga ajralishidan o'tkir zaharlanish kelib chiqadi va unda ko'ngil aynish, qusish, holsizlanish, bosh aylanishi, ishtahaning yo'qolishi hollari yuzaga keladi. Og'izda metal ta'mi, tilda yot jizm sezilishi kabilar o'ziga xos belgilaridan biridir. Og'ir holatlarda asabiylashish, chayqalib yurish, alohsirash, ko'rish va eshitishga oid gallyusinatsiyalar va tomir tortishlar kuzatiladi. Etillanmagan benzindan ham zaharlanish mumkin. Shu kabi zaharlanishning alomatlari etillangan benzindan zaharlanishni eslatadi, biroq yengilroq tarzda o'tadi.