Avtomobilning qaysi g'ildiraklari «sirpanib» tormozlanishga ko'proq moyil bo'ladi?
- Orqa g'ildiraklar
- Oldingi g'ildiraklarTormozlashda og'irlik old o'qqa o'tadi va old g'ildiraklar yo'lga kuchliroq bosiladi. Shuning uchun ular kamroq sirpanadi, sirpanishga esa orqa g'ildiraklar ko'proq moyil.
Tushuntirish
Inersiya kuchi ta'siri ostida avtomobilni tormozlash vaqtida o'qlarga tushadigan inersiya kuchi miqdorining taqsimlanishi o'zgaradi. Natijada old o'qqa og'irlik ko'payadi, orqa o'qqa nisbatan kamayadi. Tormozlash intensivligi qanchalik baland bo'lsa, o'qlarga tushadigan og'irlik miqdorining taqsimlanishi sezilarliroq bo'ladi. Orqa o'qda og'irlik kamayishi bilan g'ildirakni yo'lga bosish kuchi kamayadi: shunday ekan g'ildirakning sirpanish (aylanmasdan siljish) va avtomobilning sirilib ketishi ehtimoli yuzaga keladi. Old o'qda og'irlik ko'payishi g'ildirakni yo'lga bosish kuchini ko'paytiradi, shunda sirpanish ehtimoli kamayadi.