YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 258Bilet 13Umumiy qoidalar va atamalar

Majburiy to'xtagan haydovchi qanday choralar ko'rishi kerak?

  1. Yaqinni yorituvchi faralar yoki tumanga qarshi faralarni yoqishi kerakYaqin yorug'lik va tumanga qarshi faralar boshqa haydovchilarni to'xtash haqida ogohlantirmaydi. Qoidaga ko'ra avariya yorug'lik ishorasi, u ishlamasa avariya sababli to'xtash belgisi kerak.
  2. Yurgizgich kapotini ko'tarib qo'yishi kerakKapotni ko'tarib qo'yish qoidalarda ishora sifatida ko'rsatilmagan. To'xtashni avariya yorug'lik ishorasi va avariya sababli to'xtash belgisi bilan bildiriladi.
  3. Avariya yorug'lik ishoralarini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli to'xtash belgisini aholi punktlarida transport vositasidan 15 metrdan, ulardan tashqarida esa, 30 metrdan kam bo'lmagan masofada o'rnatishi kerak

Tushuntirish

YHQ 8-bobi 51-bandiga asosan: Transport vositasi to'satdan to'xtab qolganda, zudlik bilan avariya yorug'lik ishorasini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli to'xtash belgisini darhol o'rnatish kerak. Avariya sababli to'xtash belgisi quyidagi hollarda qo'llaniladi: yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda; to'xtash taqiqlangan joylarda va ko'rinishi cheklangan joylarda majburiy to'xtaganda; Ushbu belgi boshqa haydovchilarni xavfli vaziyat haqida o'z vaqtida ogohlantirish imkonini beradigan masofada o'rnatilishi kerak. Bu masofa aholi punktlarida transport vositasidan 15 metr, aholi punktlaridan tashqaridagi joylarda esa 30 metrdan kam bo'lmasligi kerak.

YHQ testini bepul yechish