YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 1224Bilet 62Tartibga soluvchining ishoralari

Tartibga soluvchining ushbu ishorasida qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etiladi?

Tartibga soluvchining ushbu ishorasida qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Yashil va oq avtomobillargaTartibga soluvchining qo'li yuqoriga ko'tarilgan bo'lsa, barcha transport vositalariga barcha yo'nalishlarda harakatlanish taqiqlanadi. Yashil va oq avtomobillar to'xtashi shart.
  2. Qizil avtomobil va YPX avtomobiligaQizil avtomobilga ruxsat berilmaydi, YPX avtomobili esa yalt-yalt etuvchi mayoqcha va shoshilinch vazifa bo'lganda ham tartibga soluvchi ishorasidan chetga chiqa olmaydi.
  3. Faqat YPX avtomobiligaYPX avtomobili ham tartibga soluvchi ishorasiga bo'ysunishi shart: mayoqcha yoqilgan va shoshilinch vazifa bo'lsa ham bu ishoradan chetga chiqish mumkin emas.
  4. Hech biriga ruxsat etilmaydi

Tushuntirish

YHQ 7-bobi 38-bandi: Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi maʼnoni bildiradi: Qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: Qo'lini yuqoriga ko'targanda: ushbu Qoidalarning 42-bandida ko'rsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha yo'nalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi; YHQ 6-bobi 25-bandi: Tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, harakatlanish xavfsizligini taʼminlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 7-bobi (tartibga soluvchining ishoralaridan tashqari), 9 — 16, 19-20 va 22 boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.

YHQ testini bepul yechish