Qaysi avtomobil haydovchisi yo'l berishi kerak?
- Qizil avtomobil haydovchisi
- Ko'k avtomobil haydovchisiKo'k avtomobil qizil avtomobilga nisbatan o'ng tomondan yaqinlashmoqda, shuning uchun teng ahamiyatli yo'llar chorrahasida unda ustunlik bor. Yo'l berishi kerak bo'lgan haydovchi qizil avtomobilniki, aksincha emas.
Tushuntirish
YHQ 16-bobi 105-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo'nalishidan qatʼiy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi. YHQ 16-bobi 106-bandi: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.