YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 973Bilet 49Asosiy va ikkinchi darajali yo‘l

Chorrahani ikkinchi bo'lib kesib o'tadi:

Chorrahani ikkinchi bo'lib kesib o'tadi:
  1. MototsiklMototsikl ikkinchi bo'lib o'tmaydi: asosiy yo'lda ketayotgan ko'k avtomobil birinchi o'tadi, ikkinchi bo'lib esa avtomobil o'tadi.
  2. TramvayTartibga solinmagan chorrahada tramvay yo'nalishidan qat'i nazar relssiz transport vositalaridan ustunlikka ega, shuning uchun u avtomobildan oldin o'tadi, ikkinchi emas.
  3. Avtomobil

Tushuntirish

YHQ 16-bobi 104-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo'lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat’i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 106-bandi: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak. YHQ 16-bobi 107-bandi: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda rel’ssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

YHQ testini bepul yechish