YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 958Bilet 48Qatnov qismida joylashish

Haydovchi yo'lning relssiz transport vositalari harakatlanayotgan tasmalar sonini belgilaydigan chiziqlar yoki yo'l belgilari bo'lmasa, tasmalar sonini qanday aniqlash kerak?

  1. Qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o'lchamlarini hisobga olgan holda o'zi aniqlaydi
  2. Bunday yo'lni ikki tasmali qarama qarshi harakat tashkil qilingan yo'l deb qabul qilish kerakBunday yo'lni o'z-o'zidan ikki tasmali deb hisoblash mumkin emas. Chiziq va belgilar bo'lmasa, haydovchilar tasmalar sonini qatnov qismi kengligi, mashinalar gabaritlari va xavfsiz oraliqqa qarab o'zlari aniqlaydi, tasmalar ikkitadan ko'p bo'lishi mumkin.

Tushuntirish

YHQ 10-bobi 64-bandi: Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo'l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo'l belgilari bo'lmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o'lchamlarini hisobga olgan holda o'zlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama bo'lgan yo'l qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka ko'tarilishdagi qo'shimcha tasmalar, yo'nalishli transport vositalarining to'xtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan deb hisoblanadi.

YHQ testini bepul yechish