YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 938Bilet 47Chorrahalar: umumiy qoidalar

Rasmda ko'rsatilgan chorraha-...

Rasmda ko'rsatilgan chorraha-...
  1. Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahaTeng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar chorrahasi imtiyoz belgilari bilan aniqlanadi. Bu yerda harakat navbatini svetofor yoki tartibga soluvchi ishoralari belgilaydi, shuning uchun chorraha tartibga solingan.
  2. Tartibga solingan chorraha
  3. Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahaTeng ahamiyatli tartibga solinmagan chorrahada svetofor ham, tartibga soluvchi ham bo'lmaydi. Harakat navbatini svetofor yoki tartibga soluvchi ishoralari aniqlasa, chorraha tartibga solingan hisoblanadi.

Tushuntirish

YHQ 14-bobi 98-bandi: Harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orqali aniqlanib boshqarilayotgan chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi. Miltillovchi sariq ishora yonib-o'chayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo'lmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga solinmagan chorrahalardan o'tish qoidalariga hamda chorrahada o'rnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.

YHQ testini bepul yechish