Yo'lning xavfli burilishlarida oldingi uzatmali avtomobilning orqa o'qi yon tomonga sirpanayotganda siz qanday harakat qilasiz?
- Tormozlab turib rul chambaragini sirpangan tomonga burasizOrqa o'q sirpanganda gazni keskin kamaytirish oldingi o'qni ortiqcha yuklab, sirpanishni kuchaytirishi mumkin. Orqa g'ildiraklarning ilashuvini qaytarish uchun gazni ohista qo'shish kerak.
- Gaz berishni kamaytirib rul chambaragi bilan boshqaruvni barqarorlashtirasizSirpanish paytida tormozlash orqa g'ildiraklarning ilashuvini butunlay yo'qotadi va sirpanish kuchayadi. Rulni shunchaki burish emas, harakat yo'nalishini to'g'rilash, gazni esa ohista qo'shish kerak.
- Gaz pedalini ohista bosib avtomobilni rul chambaragini to'g'rilab avtomobilni sirpanishdan olib chiqib ketasiz
- Gaz pedalini ko'proq bosib, avtomobilni rul chambaragini o'zgartirmasdan sirpanishdan olib chiqasizSirpanchiq burilishda gazni keskin va ko'p bosish yetaklovchi oldingi g'ildiraklarning ham ilashuvini uzadi va avtomobil yonga siljib ketishi mumkin. Gazni ohista qo'shish, rulni esa qotirib qo'ymasdan to'g'rilab borish kerak.
Tushuntirish
Oldingi uzatmali avtomobillar orqa uzatmali avtomobillardan yetarlicha farq qiladi. Bu farqni avtomobil boshqaruvida e'tiborga olish kerak. To'g'ri yo'lda yuqori tezlikda harakatlanishda orqa yetaklovchi avtomobilga nisbatan yonga siljish extimoli kam. Biroq nam qoplamali burilishlarda avtomobil boshqarish texnikasiga rioya etilmasa, nafaqat yonga sirpanish balki avtomobil barcha g'ildiraklarining yonga siljishi va yo'l-transport hodisalari kelib chiqishi ehtimoli mavjud.