YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 846Bilet 43Ogohlantiruvchi ishoralar va avariya signalizatsiyasi

Chap qo'lni yonga cho'zish yoki o'ng qo'lni tirsakdan to'g'ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko'tarish ishorasi nimani bildiradi?

  1. Chapga burilishni yoki qayrilib olishni
  2. O'ngga burilishni yoki qayrilib olishniO'ngga burilishni yonga cho'zilgan o'ng qo'l yoki tirsakdan yuqoriga bukilgan chap qo'l bildiradi. Bu yerda chapga burilish yoki qayrilib olish ishorasi tasvirlangan.
  3. To'xtashniTo'xtashni yuqoriga ko'tarilgan qo'l bildiradi. Yonga cho'zilgan chap qo'l (yoki tirsagi yuqoriga bukilgan o'ng qo'l) chapga burilish yoki qayrilib olishni bildiradi.

Tushuntirish

YHQ 8-bobi 45-bandi: Haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va to'xtashdan oldin tegishli yo'nalishni ko'rsatuvchi yorug'lik ishoralarini yoqishi, ular bo'lmaganda yoki ishlamaganda qo'l bilan ishoralar berishi shart. Chapga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga chap qo'lni yonga uzatish yoki o'ng qo'lni tirsakdan to'g'ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko'tarish mos keladi. o'ngga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga o'ng qo'lni yonga uzatish yoki chap qo'lni tirsakdan to'g'ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko'tarish mos keladi. To'xtash ishorasi chap yoki o'ng qo'lni yuqoriga ko'tarib beriladi.

YHQ testini bepul yechish