YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 801Bilet 41Tartibga soluvchining ishoralari

Harakatlanishga ruxsat berilgan:

Harakatlanishga ruxsat berilgan:
  1. Qizil va sariq avtomobilga
  2. Qizil, sariq va yashil avtomobilgaYashil avtomobil bu ro'yxatga kirmaydi: tartibga soluvchining ishorasiga ko'ra unga harakatlanish taqiqlangan. Ruxsat faqat qizil va sariq avtomobilga berilgan.
  3. Qizil, ko'k, yashil va sariq avtomobilgaKo'k va yashil avtomobil bilan birga to'rttasiga ham ruxsat berib bo'lmaydi: tartibga soluvchining bu ishorasiga ko'ra ularga harakat taqiqlangan. Faqat qizil va sariq avtomobil o'tishi mumkin.

Tushuntirish

YHQ 7-bobi 38-bandi: Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma'noni bildiradi: qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi; o'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi; qo'lini yuqoriga ko'targanda: ushbu Qoidalarning 42-bandida ko'rsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha yo'nalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi; tartibga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli bo'lgan boshqa ishoralarni ham berishi mumkin. Ishoralar yaxshi ko'rinishi uchun tartibga soluvchi jezl yoki yorug'lik qaytaradigan qizil rangli moslamalarni qo'llashi mumkin.

YHQ testini bepul yechish