Bu joyda quvib o'tishga ruxsat etiladimi?
- Ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi3.22 belgisi to'liq vazni 3,5 tonnadan ortiq yuk avtomobillariga quvib o'tishni taqiqlaydi. 7.1.1 tablichkasi esa taqiq boshlanishigacha bo'lgan masofani ko'rsatadi.
- Agar quvib o'tilayotgan transportning tezligi 40 km/ soatdan kam bo'lsa ruxsat etiladi40 km/soatdan sekin harakatlanayotganlar bundan mustasno, lekin bu umumiy shart emas. 3.22 belgisi qolgan transport vositalarini quvib o'tishni bu shartdan qat'i nazar taqiqlaydi.
Tushuntirish
YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining yigirma oltinchi xatboshisiga asosan: 3.22. «Yuk avtomobillarida quvib o'tish taqiqlangan». To'liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno). YHQ 1-ilovasi 7-bo'limining ikkinchi xatboshisiga asosan: 7.1.1. «Obyektgacha bo'lgan masofa». Belgidan yo'lning xavfli joyi, yo'l harakatiga tegishli cheklovlar kiritiladigan joyi yoki harakat yo'nalishi bo'yicha oldindagi muayyan joygacha bo'lgan masofani ko'rsatadi.