Shatakka olingan avtomobilda odamlarni tashishga ruxsat etiladimi?
- Avtobusda ruxsat etiladiAvtobusda mumkin emas: shatakka olinganda shatakdagi avtobusda va trolleybusda, shuningdek yuk avtomobili yukxonasida odam tashish taqiqlanadi.
- Yengil avtomobilda ruxsat etiladi
- Qattiq ulagichda shatakka olingan yuk avtomobili yukxonasida ruxsat etiladiShatakdagi yuk avtomobilining yukxonasida odam tashish aniq taqiqlangan: qattiq ulagichda ham, egiluvchan ulagichda ham yukxonada odam bo'lishi xavfli va mumkin emas.
Tushuntirish
YHQ 24-bobi 143-bandiga asosan: Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish, qisman ortish yo'li bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar bo'lishi taqiqlanadi. 159. Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida; transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun mo'ljallangan bortli yuk yoki furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno); Traktorlar va boshqa o'ziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar yukxonasida; Mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarning konstruksiyasida ko'zda tutilgan joylardan tashqarida; 12 yoshga to'lmagan bolalarni mototsiklning orqa o'rindig'ida, shuningdek bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o'rnatilmagan transport vositasining old o'rindig'ida; odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko'zda tutilgan miqdordan ortiq bo'lganda. Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan vazndan oshmasligi kerak.