Bu belgilar nimani bildiradi?
- «Nogiron» taniqlik belgisi bo'lgan avtomobillar uchun 30 metrdan keyin to'xtab turish joyiga kelishini7.2.1 belgisi 30 m ta'sir oralig'ini bildiradi, to'xtash joyigacha masofani emas. «Nogiron» belgili joy shu oraliqda amal qiladi, 30 metrdan keyin boshlanmaydi.
- Motokajavalardan tashqari transport vositalari uchun 30 metrli hududdagi to'xtab turish joyini7.17 «Nogironlar» belgisi motokajavalarni chiqarib tashlamaydi, aksincha, joyni «Nogiron» taniqlik belgisi bor transport uchun ajratadi. Boshqalar uchun mo'ljallanmagan.
- «Nogiron» taniqlik belgisi bo'lgan motokajava va avtomobillar uchun 30 metrli hududdagi to'xtab turish joyini
Tushuntirish
YHQ 1-ilovasi 7-bo'limining beshinchi va o'ttizinchi xatboshlariga asosan: 7.2.1. «Ta'sir oralig'i». Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko'rsatkich belgilarining ta'sir o'ralig'ini ko'rsatadi. 7.17. «Nogironlar». 5.15 belgisi bilan qo'llaniladi. To'xtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu Qoidalarning 176-bandiga muvofiq «Nogiron» taniqlik belgisi o'rnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini ko'rsatadi.