Yo'lning ushbu qismida quvib o'tishga ruxsat etiladimi?
- Ruxsat etiladi1.9 chizig'i reversiv harakat bo'laklarining chegarasini belgilaydi va reversiv svetoforlar o'chiq bo'lganda qarama-qarshi oqimlarni ajratadi. Uni faqat haydovchining o'ng tomonida bo'lsa kesib o'tish mumkin, quvib o'tish uchun esa qarama-qarshi bo'lakka chiqishga to'g'ri keladi.
- Taqiqlanadi
Tushuntirish
YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining o'n birinchi, o'ttiz oltinchi va o'ttiz yettinchi xatboshlariga asosan: 1.9 — reversiv harakat tashkil etilgan bo'laklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yo'llarda (reversiv svetofori o'chirilgan holatda) qarama-qarshi yo'nalishdagi transport oqimini ajratadi; Reversiv svetofor yoqilgan paytda bir yo'nalishli tasmalarni ajratayotgan 1.9 chizig'ini istalgan tomondan bosib o'tishga ruxsat etiladi. Reversiv svetofor o'chirilganda, haydovchilar darhol 1.9 chizig'idan o'ngga qayta tizilishlari kerak. Reversiv svetofor o'chirilgan bo'lsa, qarama-qarshi yo'nalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi 1.9 chizig'ini bosib o'tish taqiqlanadi.