Ushbu yo'l belgisi qo'shimcha axborot belgisi bilan nimani bildiradi?
- Ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq transport vositalarining to'xtab turish joyi ko'rsatkich qatnov qismining chetida baland to'siq, toshi borligini bildiradi7.6.x ko'rsatkichi to'xtab turishda qo'yish usulini bildiradi, to'siq balandligini emas. Trotuar yonidagi bunday joy og'ir yuk avtomobillari uchun emas, yengil transport vositalari uchun mo'ljallangan.
- Transport vositalarining to'xtab turish joyiga avtomobilni ko'rsatilgan usulda qo'yish taqiqlanadiKo'rsatkich qo'yish usulini taqiqlamaydi, aksincha, transport vositasini bu joyda aynan qanday qo'yish kerakligini ko'rsatadi.
- Yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va skuterlarni qo'yish usuli
Tushuntirish
YHQ 1-ilovasi 13-bob. To'xtash va to'xtab turish: Qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar, skuterlar, velosipedlar va individual harakatlanish vositalariga to'xtab turishga 5.15 yo'l belgisi bilan birga 7.6.2, 7.6.3, 7.6.6 — 7.6.9 qo'shimcha axborot belgilaridan biri o'rnatilgan joylarda ruxsat etiladi. 7.6.1 — 7.6.9. “Transport vositasini to'xtab turish joyiga qo'yish usuli”. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to'xtab turishi uchun yo'lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo'yish usulini, 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to'xtab turish joyiga yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va skuterlarni qo'yish usulini bildiradi.