YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 628Bilet 32Qatnov qismida joylashish

Aholi punktlaridan tashqarida yo'lning qatnov qismida haydovchilar transport vositalarini qayerda harakatlantirishlari kerak?

  1. Iloji boricha qatnov qismining o'ng chetiga yaqinroq joyda
  2. Hohlagan tasma bo'ylabXohlagan tasmada yurish mumkin emas: aholi punktlaridan tashqarida iloji boricha o'ng chetga yaqin yurish kerak. Chap tasmalar faqat o'ng tasmalar band bo'lgandagina egallanadi.
  3. Faqat o'ng tasma bo'ylab, chap tasmaga o'tish faqat chapga burish va burilib olish uchun ruxsat etiladiQoida bunchalik qat'iy emas: haydovchi iloji boricha o'ng chetga yaqin yuradi, lekin chap tasma faqat burilish yoki burilib olish uchun emas. O'ng tasmalar band bo'lsa, uni egallash mumkin.

Tushuntirish

YHQ 10-bobi 67-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Aholi punktlaridan tashqaridagi yo'llarda hamda aholi punktlarida ayrim turdagi transport vositalari uchun ushbu Qoidalarda belgilangandan yuqori tezlikda harakatlanish ruxsat etilgan yo'l qismlarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining o'ng chetiga yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. O'ng tasmalar bo'sh bo'lganda chap tasmalarni egallash taqiqlanadi.

YHQ testini bepul yechish