YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 524Bilet 27Tartibga solinmagan chorrahalar

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:
  1. Yashil avtomobil ayni vaqtda 2-tramvay bilan, 1 tramvay, ko'k, sariq, qizil avtomobillarTeng ahamiyatli chorrahada tramvay qaysi yo'nalishda ketmasin, relssiz transport vositalaridan oldin o'tadi. Shuning uchun yashil avtomobil 2-tramvay bilan birga ketolmaydi, 1-tramvay esa uni kutmaydi.
  2. 1- va 2- tramvaylar ayni vaqtda sariq avtomobil bilan, yashil, ko'k, qizil avtomobillar

Tushuntirish

YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo'lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'lda bir yo'nalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega. YHQ 16-bobi 106-bandiga asosan: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.

YHQ testini bepul yechish