Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadi:
- 1- va 2-tramvaylar ayni vaqtda yashil avtomobil bilan; qizil; ko'k avtomobil2-tramvay birinchi guruhda 1-tramvay va yashil avtomobil bilan birga o'tmaydi. Qoidalarga ko'ra u qizil avtomobildan keyin, ko'k avtomobil bilan bir vaqtda o'tadi.
- 1-tramvay ayni vaqtda yashil avtomobil bilan; qizil avtomobil; 2-tramvay va ko'k avtomobil bir vaqtda
Tushuntirish
YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo'lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'lda bir yo'nalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega. YHQ 16-bobi 106-bandiga asosan: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.