Yo'l chizig'i bilan ajratilgan bekat maydonchasidan harakatlanish uchun foydalanishga ruxsat etiladimi?
- Ruxsat etiladi1.1 chizig'i kirish taqiqlangan chegarani bildiradi, shuning uchun u bilan belgilangan bekat maydonchasidan harakatlanib bo'lmaydi. U yo'lovchilar uchun mo'ljallangan.
- Taqiqlanadi
- To'xtash joyida tramvay bo'lmaganda ruxsat etiladiTramvay bor yoki yo'qligi hech narsani o'zgartirmaydi. Maydoncha kirishni taqiqlovchi chiziq bilan belgilangan, shuning uchun u bo'ylab har qanday holatda ham yurish mumkin emas.
Tushuntirish
YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining uchinchi xatboshisiga asosan: 1.1 — qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo'lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo'lagi chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi. YHQ 13-bobi 91-bandining to'qqizinchi xatboshisiga asosan: bekat maydonchalarida, yo'nalishli transport vositalari to'xtash joylarida, jumladan, 1.17 chizig'i bilan belgilangan, ular bo'lmaganda esa yo'nalishli transport vositalari to'xtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yo'nalishi bo'ylab (yetmasdan va o'tib ketib) 15 metrdan kam masofada to'xtash taqiqlanadi.