Aholi punktlarida relssiz transport vositalariga, agar bir yo'nalishda uch va undan ortiq harakatlanish tasmasi bo'lganda qaysi tasmadan harakatlanishga ruxsat etiladi? Yuk avtomobillari hisobga kirmaydi
- Har qanday tasma bo'yichaIstalgan tasmani egallab bo'lmaydi: aholi punktida uch va undan ortiq tasmada chetki chap tasma oddiy harakat uchun yopiq, unga faqat alohida hollarda chiqiladi.
- Iloji boricha qatnov qismining o'ng chekkasiga yaqin tasma bo'yichaO'ng chekkaga yaqin yurish talabi bu yerda amal qilmaydi. Aholi punktida uch va undan ortiq tasmada chetki chapdan tashqari istalgan tasmadan yurish mumkin, chapga esa faqat alohida hollarda chiqiladi.
- Chapki chekkadan tashqari har qanday tasma bo'yicha. Unga faqat boshqa tasmalarda harakat serqatnov bo'lganda, shuningdek, chapga burilish, orqaga qayrilish va bir tomonlama harakat tashkil qilingan yo'lda to'xtash uchun o'tishga ruxsat etiladi
Tushuntirish
YHQ 10-bobi 67-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Bir yo'nalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yo'lda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band bo'lgan hollarda, shuningdek, quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.