YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 415Bilet 21Tartibga soluvchining ishoralari

Harakatlanish kimga ruxsat etilgan?

Harakatlanish kimga ruxsat etilgan?
  1. Yuk avtomobili va mototsiklga
  2. Barcha transport vositalarigaHarakat hammaga ruxsat etilmagan: tartibga soluvchining old va orqa tomonidan harakatlanish taqiqlanadi. Shu tomonda turgan transport to'xtab turishi kerak.
  3. Tramvay va yengil avtomobilgaTramvay tartibga soluvchining orqa tomonida, u yerda harakatlanish taqiqlangan. Faqat chap yoki o'ng yon tomondagilarga ruxsat beriladi.
  4. Yengil va yuk avtomobiliga, mototsiklgaYengil va yuk avtomobillari tartibga soluvchining orqa tomonida, u yerda harakat taqiqlangan. Faqat yon tomondagi transport o'tishi mumkin.

Tushuntirish

YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma'noni bildiradi: Qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi. o'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi.

YHQ testini bepul yechish