YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 393Bilet 20Yotiq chiziqlar

Yotiq chiziqlarning sidirg'a chizig'ini bosib o'tishga ruxsat etiladimi?

  1. Agar u haydovchining o'ng tomonida bo'lsa ruxsat etiladiChiziq haydovchining o'ng tomonida bo'lishi uni bosib o'tishga ruxsat bermaydi. 1.1 chiziqni bosib o'tish taqiqlanadi, istisno faqat qatnov qismining chetini bildirgan holat.
  2. Faqat shunday holda ruxsat etiladiki, agar chiziq yo'l qatnov qismining chetlarini bildirsa
  3. Chiziq bir yo'nalishdagi harakat tasmalarining chegarasini bildirganda faqat manyovr qilishda ruxsat etiladiBir yo'nalishdagi tasmalar chegarasini xavfli joyda bildiruvchi chiziqni manyovr paytida ham bosib o'tish taqiqlanadi. Yagona istisno: 1.1 chiziq qatnov qismining chetini bildirganda.

Tushuntirish

YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining uchinchi va o'ttiz to'rtinchi xatboshlariga asosan: 1.1 — qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo'lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo'lagi chegarasini va velosipedchilar uchun bo'lagining chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to'xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo'lning qatnov qismi chegarasini bildiradi; 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o'tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo'llanilgan 1.1 chizig'i bundan mustasno.

YHQ testini bepul yechish