YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 364Bilet 19Harakatni boshlash va manyovr qilish

Qaysi joylarda orqa bilan harakatlanish taqiqlanadi?

  1. Chorrahalarda, piyodalar o'tish joylaridaBu to'g'ri, lekin to'liq emas: chorrahalarda va piyodalar o'tish joylarida orqaga yurish mumkin emas, ammo taqiq ko'priklarda, estakadalarda va avtomagistrallarda ham amal qiladi.
  2. Ko'priklarda, yo'l o'tkazgichlar, estakadalarda va ularning ostidaBu to'g'ri, lekin to'liq emas: ko'priklar, yo'l o'tkazgichlar, estakadalarda va ularning ostida orqaga yurish mumkin emas, ammo taqiq chorrahalarda, o'tish joylarida va avtomagistrallarda ham bor.
  3. AvtomagistrallardaBu to'g'ri, lekin to'liq emas: avtomagistralda orqaga yurish taqiqlangan, ammo chorrahalarda, piyodalar o'tish joylarida, ko'priklar va estakadalarda ham taqiqlangan.
  4. Sanab o'tilgan barcha joylarda

Tushuntirish

YHQ 9-bobining 63 bandiga asosan orqaga harakatlanish chorrahalarda va Qoidalarning 62- bandiga muvofiq qayrilib olish taqiqlangan joylarda hamda 19-bobining 121-bandiga asosan, avtomagistrallarda orqaga harakatlanish taqiqlanadi. YHQ 9-bobi 62-bandiga asosan: Quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: piyodalarning o'tish joylarida; tunnellarda; ko'priklar, yo'l o'tkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yo'l belgilari bilan bunday manyovrni bajarish ruxsat berilgan yo'l qismlari bundan mustasno); temir yo'l kesishmalarida; yo'lning ko'rinishi biror-bir yo'nalishda 100 metrdan kam bo'lgan joylarda.

YHQ testini bepul yechish