Avtomobilning taniqlik belgisi bo'lganda, yo'lning mazkur qismida qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?
- 70 km/s
- 90 km/s90 km/s — bu aholi punktlaridan tashqarida umumiy chegara, lekin avtomobilda «Tezlik cheklangan» belgisi bo'lsa, belgida ko'rsatilgan tezlikdan oshish mumkin emas.
- 100 km/s100 km/s belgida ko'rsatilgan tezlikdan yuqori. Haydovchiga avtomobilga o'rnatilgan taniqlik belgisida ko'rsatilgan tezlikdan oshish taqiqlanadi.
Tushuntirish
YHQ 29-bobi 176-bandining oltinchi xatboshisiga asosan: «Tezlik cheklangan» — o'ta og'ir, xavfli va katta o'lchamli yuklarni tashiyotgan, shuningdek transport vositasining texnik tavsifnomasida ko'rsatilgan eng yuqori tezligi ushbu Qoidalarning 78, 79 va 80-bandlarida belgilangan tezlikdan kam bo'lgan hollarda transport vositasi kuzovi orqa devorining chap tomoniga 3.24 — «Yuqori tezlik cheklangan» yo'l belgisining kichraytirilgan, rangli tasviri tushirilgan shaklidagi belgi. Belgining diametri 160 millimetrdan kam bo'lmasligi, hoshiyasining kengligi belgi diametrining 1/10 qismiga teng bo'lishi kerak.