Har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo'lgan uzuq-uzuq chiziq nimani bildiradi?
- Tezlashish yoki sekinlashish bo'lagi bilan yo'lning qatnov qismidagi asosiy bo'lagi o'rtasidagi chegaraniTezlashish yoki sekinlashish bo'lagi bilan asosiy bo'lak orasidagi chegarani boshqa chiziq — 1.8 belgilaydi. 1.6 chizig'i faqat yaqinlashish haqida ogohlantiradi.
- Avtomagistrallarda qatnov qismi chetlariniAvtomagistrallarda qatnov qismi chetini yaxlit chiziq (1.2.1) belgilaydi. Chiziqlari oralig'idan uch barobar uzun 1.6 chizig'i esa yaqinlashish chizig'idir.
- Qarama-qarshi yoki bir yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi
Tushuntirish
YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining sakkizinchi xatboshisiga asosan: 1.6 (yaqinlashish chizig'i — har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo'lgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi.