Chorrahani kesib o'tishda tramvay yo'li bo'ylab harakatlanishga ruxsat etiladimi?
- TaqiqlanadiTo'liq taqiq yo'q: bir sathdagi chap tomondagi bir yo'nalishli tramvay yo'llaridan boshqa tasmalar band bo'lganda, aylanib o'tishda, chapga burilishda va qayrilib olishda yurish mumkin.
- Agar qarama-qarshi yo'nalishdagi tramvayga to'sqinlik qilmasa, ruxsat etiladiTramvayga xalaqit bermaslikning o'zi yetarli emas. Yo'llar bir yo'nalishli, yo'l bilan bir sathda, boshqa tasmalar band bo'lishi va chorraha oldida 5.8.1, 5.8.2 belgilari bo'lmasligi kerak.
- Qarama-qarshi yo'nalishdagi tramvay yo'llari bo'ylab ruxsat etiladiYo'nalish bir bo'lishining o'zi huquq bermaydi. Faqat tasmalar band bo'lganda, aylanib o'tish, chapga burilish, qayrilishda, tramvayga xalaqit bermay va 5.8.1, 5.8.2 belgilari bo'lmasa mumkin.
- Boshqa tasmalar band bo'lganda, aylanib o'tishga, chapga burilish va qayrilib olishga, bir yo'nalishdagi tramvay yo'llari bo'ylab harakatlanishga ruxsat etiladi. (agar chorraxadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yo'l belgilari o'rnatilmagan bo'lsa) Bunda tramvayga xalaqit bermaslik kerak
Tushuntirish
YHQ 10-bobi 69-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Bir yo'nalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay yo'lidan, shu yo'nalishdagi boshqa tasmalar band bo'lganda harakatlanishga, shuningdek, aylanib o'tishga, chapga burilish va qayrilib olishga ushbu Qoidalarning 56-bandini hisobga olgan holda ruxsat etiladi. Biroq bu tramvayga xalaqit bermasligi kerak. Qarama-qarshi yo'nalishdagi tramvay yo'lidan harakatlanish taqiqlanadi. Agar chorrahadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yo'l belgilari o'rnatilgan bo'lsa, chorrahadan o'tishda tramvay yo'llaridan harakatlanish taqiqlanadi.