YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 264Bilet 14Teng ahamiyatli chorrahalar

Avtomobil haydovchisi harakatining tartibi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?

Avtomobil haydovchisi harakatining tartibi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
  1. Mototsiklni o'tkazib yubordi va chorrahada qayrilib oldiFaqat mototsikl yetarli emas: teng ahamiyatli chorrahada tramvay ham relssiz transport vositalaridan oldin o'tish huquqiga ega, qayrilishda unga ham yo'l berish kerak.
  2. Tramvayni o'tkazib yubordi va chorrahada qayrilib oldiFaqat tramvay yetarli emas: qayrilishda teng ahamiyatli yo'lda qarama-qarshidan to'g'riga yoki o'ngga ketayotgan mototsiklga ham yo'l berish shart.
  3. Tramvay va mototsiklni o'tkazib chorrahadan qayrilib oldi

Tushuntirish

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.

YHQ testini bepul yechish