Harakatda imtiyozga ega bo'ladi:
- Ko'k avtomobil, chunki qizil harakatlanish yo'nalishini chapga o'zgartiradiQizilning chapga burilishi ko'kka ustunlik bermaydi. Bir vaqtda qayta tizilishda chapdagi yo'l beradi, qizil esa ko'kning o'ng tomonida.
- Qizil avtomobil, chunki o'zaro qayta tizilishda u o'ng tomonda bo'lgani uchun
- Ko'k avtomobil, chunki o'zaro qayta tizilishda u chap tomonda bo'ladiKo'k chap tomonda, bir vaqtda qayta tizilishda esa o'ngdagi mashinaga yo'l berish kerak. Shuning uchun ko'k qizilga yo'l beradi, aksincha emas.
Tushuntirish
YHQ 9-bobi 55-bandiga asosan: Haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yo'nalishini o'zgartirmasdan harakatlanayotgan yo'lakay transport vositalariga yo'l berishi kerak. Bir yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganlarida haydovchi o'ng tomondagi transport vositasiga yo'l berishi kerak.