Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:
- Ko'k, yashil, qizil avtomobillar
- Ko'k, qizil avtomobilni o'tkazib yuboradi, so'ng burilishni tugallaydi; yashil avtomobilKo'k qizilni o'tkazib yubormaydi: o'tish tartibi boshqacha. To'g'ri tartib: avval ko'k, keyin yashil, qizil oxirida o'tadi.
- Qizil, ko'k, yashil avtomobillarQizil birinchi bo'lib o'tolmaydi: qoidaga ko'ra u qolganlarga yo'l berishi kerak. To'g'ri tartib: ko'k, yashil, qizil.
- Yashil, qizil, ko'k avtomobillarYashil birinchi emas, ko'k esa oxirgi emas. To'g'ri tartib: avval ko'k, keyin yashil, qizil oxirida o'tadi.
Tushuntirish
YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo'lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 106-bandiga asosan: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.