12 yoshga etmagan bolalarni transport vositasining oldingi o'rindig'ida tashishga ruxsat etiladimi?
- Bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o'rnatilgan bo'lsa ruxsat etiladi
- Faqat katta yoshdagi yo'lovchi hamroh bo'lganida ruxsat etiladiKatta yoshdagi yo'lovchining borligi bolalarni ushlab turuvchi qurilma o'rnini bosmaydi. Usiz 12 yoshgacha bolani oldingi o'rindiqda tashish mumkin emas.
- TaqiqlanadiTaqiq mutlaq emas: maxsus bolalarni ushlab turuvchi qurilma o'rnatilgan bo'lsa, 12 yoshga to'lmagan bolani oldingi o'rindiqda tashishga ruxsat etiladi.
Tushuntirish
YHQ 26-bobi 159-bandiga asosan: Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida; transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun mo'ljallangan bortli yuk yoki furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno); Traktorlar va boshqa o'ziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar yukxonasida; Mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarning konstruksiyasida ko'zda tutilgan joylardan tashqarida; 12 yoshga to'lmagan bolalarni mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning orqa o'rindig'ida, shuningdek, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o'rnatilmagan transport vositasining old o'rindig'ida; odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko'zda tutilgan miqdordan ortiq bo'lganda. Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan vazndan oshmasligi kerak.