Qaysi transport vositasining haydovchisi birinchi navbatda harakatlanish ustunligiga ega?
- Yo'l xizmati mashinasining haydovchisiYo'l xizmati mashinasidagi zarg'aldoq yoki sariq mayoqcha harakatda ustunlik bermaydi, u faqat boshqalarni ogohlantiradi. Bunday mashina haydovchisi ham chorrahani o'tish qoidalariga rioya qiladi.
- Yengil avtomobil haydovchisi
Tushuntirish
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. YHQ 6-bobi 29-bandiga asosan: Zarg'aldoq yoki sariq rangli chiroq-mayoqchasi yoqilgan transport vositalarining haydovchilari yo'l qurilishi, ta'mirlanishi va tozalanishi jarayonida hamda texnik shikastlangan, nosoz bo'lgan, shuningdek qonunda ko'zda tutilgan hollarda boshqa transport vositalarini ortishda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning yo'l belgilari (2.2, 2.4 — 2.6, 3.11 — 3.14, 3.17.2, 3.20 yo'l belgilaridan tashqari), yo'l chiziqlari hamda 67 — 71 va 121-bandlari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.