Qon oqishini to'xtatuvchi jgut qo'l oyoqlarni qayeridan bog'lanadi?
- Yaradan 10-15 sm pastgaYaradan pastga qo'yilgan jgut qon ketishini to'xtatmaydi: qon arteriya orqali yuqoridan yaraga oqishda davom etadi. Jgut yaradan 10–15 sm yuqoriga qo'yiladi.
- Yaradan 10-15 sm yuqoriga
- Bevosita yaraning o'zigaJgutni bevosita yaraning o'ziga qo'yib bo'lmaydi: u shikastlangan to'qimani jarohatlaydi, qattiq og'riq beradi va qon oqimini ishonchli to'xtatmaydi. Jgut yaradan 10–15 sm yuqoriga qo'yiladi.
Tushuntirish
Jgut qo'yilishi deyarli barcha hollarda arterial qon ketishini to'xtatadi. Arterial qon ketishini to'xtatish uchun jgut avtomobilning tibbiy qutichasida ham mavjud. Jgut bo'lmagan hollarda kamar, belbog', podtyajkalar va boshqa shunga o'xshash vositalar qo'llanilishi mumkin. Jgut qo'l yoki oyoqqa qon ketish joyidan yuqoriroq joyga ikki – uch marta aylantirib, faqat kiyim ustidan qo'yiladi yoki uning tagiga bir necha qatlamdan iborat (dast) ro'mol, sochiq yoxud boshqa gazlamadan astar qo'yiladi. Jgut cho'zib mahkamlanadi va qon ketishi to'xtagan vaqtdan so'ng, cho'zishdan to'xtatiladi. Jgutga u qo'yilgan vaqtni ko'rsatuvchi kichik qaydnoma qistirib qo'yiladi.