YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 180Bilet 9Nosozliklar va foydalanishga ruxsat

Transport vositalaridan qanday shartlarda foydalanishga ruxsat etiladi?

  1. Shinalarning ayrim joylarida kord ko'rinib qoladigan nuqsonlari borKord ko'rinib qolgan kesilish va yorilishlar foydalanishni to'g'ridan-to'g'ri taqiqlaydi. Bunday shina harakatlanayotganda to'satdan yorilib ketishi mumkin.
  2. M1 toifadagi avtotransport vositalarining oldingi o'qiga ikkinchi klassdagi ta'mirlangan shinalar o'rnatilganIkkinchi klass bo'yicha ta'mirlangan shinalarni yengil avtomobilning oldingi o'qiga o'rnatish mumkin emas. Oldingi o'q boshqaruvchanlikka javob beradi, bu xavfli.
  3. N2, N3 toifadagi transport vositalari shinalari protektori naqshining qoldiq balandligi 1,6 mm.ni tashkil qiladi

Tushuntirish

YHQ 3-ilovasi 5-Bo'limi 5.1-bandiga asosan: Shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, ОЗ, О4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam bo'lsa foydalanish taqiqlanadi. YHQ 3-ilovasi 5-Bo'limi 5.2-bandiga asosan: Shinalarda kord ko'rinishiga olib kelgan tashqi nuqsonlar (teshilgan kesilgan, yorilgan), hamda karkas qatlamlari ajralgan, protektor va yon qismlari ko'chgan bo'lsa foydalanish taqiqlanadi. YHQ 3-ilovasi 5-bo'limi 5.7-bandiga asosan: М1, M2, МЗ toifalarni I klassidagi avtotransport vositalarini oldingi o'qiga, МЗ toifani II va III klassidagi avtotransport vositalarini o'rta va orqa o'qlariga ikkinchi ta'mirlash klassi bo'yicha qayta tiklangan shinalar o'rnatilgan bo'lsa foydalanish taqiqlanadi.

YHQ testini bepul yechish