YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 165Bilet 9Tartibga solinmagan chorrahalar

Chorrahadan ikkinchi bo'lib qaysi avtomobil o'tadi?

Chorrahadan ikkinchi bo'lib qaysi avtomobil o'tadi?
  1. Oq avtomobil sariq bilan bir vaqtdaOq avtomobil sariq bilan birga ikkinchi bo'lib o'tmaydi. Navbatni asosiy yo'l va chapga burilishda yo'l berish qoidasi (104, 107-bandlar) belgilaydi, bu holatda ikkinchi bo'lib qizil avtomobil o'tadi.
  2. Qizil avtomobil
  3. Yashil avtomobilYashil avtomobil ikkinchi bo'lib o'tmaydi. Navbatni asosiy yo'l va chapga burilishda yo'l berish qoidasi (104, 107-bandlar) belgilaydi, ikkinchi bo'lib qizil avtomobil o'tadi.

Tushuntirish

YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo'lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'lda qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek, ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.

YHQ testini bepul yechish