Son suyagi uchdan birining pastki qismi singanda, jarohatlangan odamni transportda tashish uchun taxtakach qanday qo'yiladi?
- Taxtakachni sonning butun uzunligicha tos-sondan tizza bo'g'inigacha qo'yib, singan joy bint bilan qattiq bog'lab qo'yiladiFaqat son bo'ylab qo'yilgan qisqa taxtakach singan joy bilan birga tos-son va tizza bo'g'imlarini mahkamlamaydi. Son singanda taxtakach uzunroq bo'lib, ikki tomondan qo'yilishi kerak.
- Ikkita taxtakach oyoqning ichki va tashqi tomonidan qo'yiladi: bittasini oyoq to'pig'idan qo'ltiqosti chuqurigacha, ikkinchisini to'piqdan chovgacha
- Ikkita taxtakach oyoqning ikki tomonidan to'piqdan sonning yuqorigi uchdan bir qismigacha (singan joydan 15-20 sm yuqorigacha) qo'yiladiSonning yuqori uchdan birigacha bo'lgan taxtakachlar juda qisqa va tos-son bo'g'imini qimirlamas qilmaydi. Tashqi tomondan to'piqdan qo'ltiqostigacha, ichki tomondan to'piqdan chovgacha qo'yish kerak.
Tushuntirish
Son suyagi singan holda ikkita taxtakach: biri - tashqari tarafda oyoq kaftidan to qo'ltiqosti chuqurigacha, boshqasi - ichki tarafda oyoq kaftidan to chovgacha qo'yiladi. Son suyagi singan holda immobilizatsiya vositasi bo'lmasa, shikastlangan oyoq sog' oyoqqa mahkamlanib qo'yiladi. Mahkamlovchi bog'ich singan suyakni siljitmasligi va jabrlanuvchiga qo'shimcha og'riq yetkazmasligi lozim. Mahkamlovchi bog'ich oyoqning sog' qismiga bog'lanadi.