YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 1234Bilet 62Nosozliklar va foydalanishga ruxsat

Qaysi holatda yengil avtomobillarning tormoz tizimi nosoz deb hisoblanadi va ulardan foydalanish taqiqlanadi (soatiga 40 km tezlikda tormoz berilganda)?

  1. Tormozlanish yo'li 1981-yil 1-yanvargacha ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun 14.5 metrdan ortiq bo'lsa14,5 m me'yori 1981-yilgacha chiqarilgan avtomobillar uchun to'g'ri, lekin bu faqat bitta holat: yangi avtomobillarda 12,2 m dan ortiq yo'l ham nosozlik hisoblanadi.
  2. Tormozlanish yo'li 1981-yil 1-yanvardan keyin ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun 12.2 metrdan ortiq bo'lsa12,2 m me'yori 1981-yildan keyin chiqarilgan avtomobillar uchun amal qiladi, lekin bu yagona holat emas: eskilarida chegara 14,5 m va undan oshsa ham foydalanish taqiqlanadi.
  3. Barcha sanab o'tilganlarda

Tushuntirish

Engil avtomobillar va ularning yuk tashishga moslashtirilgan turlari: 1981 yil 1.01dan ishlab chiqarila boshlagan - 12.2 1981 yil 1.01dan oldin ishlab chiqarila boshlagan - 14.5 Izoh: 1. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi davlat namunasiga muvofik boshqa o'lchamlar bilan ham belgilanishi mumkin. 2. Ishchi tormoz tizimi - yo'lning beton, asfal'tbeton, quruq, toza tekis qoplamali, yotiq qismida tormozlash boshlangan vaqtdagi tezligi avtotransport vositalari uchun soatiga 40 km, mototsikl, mopedlar uchun soatiga 30 km bulganda sinovdan o'tkaziladi. Agar haydovchi tormozlash vaqtida to'g'ri yo'nalishni saqlash uchun harakatlanish izini o'zgartirishga majbur bo'lsa yoki to'g'ri chiziqli harakati buzilsa, sinov natijalari bekor qilinadi.

YHQ testini bepul yechish