Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki tasmali yo'llarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin bo'lmagan, shuningdek, uzunligi 7 metrdan ortiq bo'lgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari o'zi va oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida qancha masofa bo'lishi kerak?
- 3 metrQoidalarda qat'iy 3 metr ko'rsatilmagan: masofa quvib o'tayotgan mashinalar to'siqsiz o'z qatoriga qaytishiga imkon berishi kerak.
- 5 metrQoidalarda qat'iy 5 metr belgilanmagan: quvib o'tayotganlar erkin qayta tizilishi uchun yetarli masofa kerak.
- Haydovchi o'zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganda, to'qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani.Bu odatdagi sharoitdagi xavfsiz masofa qoidasi. Ikki tasmali yo'lda aholi punktidan tashqarida sekin va uzun transport uchun quvib o'tuvchilar qayta tizilishiga yetarli masofa talab etiladi.
- Ularni quvib o'tayotgan transport vositalari oldin egallagan qatoriga bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak.
Tushuntirish
YHQ 10-bobi 74-bandi: Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki tasmali yo'llarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin bo'lmagan, shuningdek, uzunligi 7 metrdan ortiq bo'lgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari o'zi va oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida, ularni quvib o'tayotgan transport vositalari oldin egallagan qatoriga bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak.