YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 1161Bilet 59Umumiy qoidalar va atamalar

Qaysi javobda "Avariya holatini yuzaga keltirish" atamasi ko'rsatilgan?

  1. Yo'l harakatining boshqa ishtirokchilarini harakat yo'nalishi yoki tezligini keskin o'zgartirishga, shuningdek, o'z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun o'zga choralarni ko'rishga majbur qilish;
  2. Yo'l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarining oldini olishga, ularning og'ir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat;Bu profilaktika ta'rifi: YTH sabablarining oldini olish va oqibatlarini yengillashtirishga qaratilgan faoliyat. Avariya holatiga aloqasi yo'q.

Tushuntirish

YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar: Avariya holatini yuzaga keltirish — yo'l harakatining boshqa ishtirokchilarini harakat yo'nalishi yoki tezligini keskin o'zgartirishga, shuningdek, o'z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun o'zga choralarni ko'rishga majbur qilish;

YHQ testini bepul yechish