Chorrahadan uchinchi bo'lib qaysi avtomobil o'tadi?
- Yashil avtomobilYashil avtomobil asosiy yo'lda harakatlanadi, shuning uchun ustunlikka ega va chorrahadan birinchilar qatorida o'tadi, uchinchi bo'lib emas.
- Qizil avtomobilQizil avtomobil ham asosiy yo'lda ketmoqda va ustunlikka ega, ya'ni birinchilar qatorida o'tadi, uchinchi bo'lib emas.
- Ko'k avtomobil
- Sariq avtomobilSariq avtomobil ko'k avtomobilga yo'l berishi kerak: teng ahamiyatli yo'llar chorrahasida unga yo'l berish majburiyati bor, shuning uchun u oxirgi bo'lib o'tadi.
Tushuntirish
YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo'lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 106-bandiga asosan: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.