YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 11Bilet 1Maxsus transport va yalt-yalt etuvchi chiroqlar

Yoqilgan zarg'aldoq rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha harakatlanish uchun imtiyoz beradimi?

  1. HaImtiyoz bermaydi: sariq yoki zarg'aldoq mayoqcha faqat boshqalarni xavf haqida ogohlantiradi, masalan yo'l ishlarida yoki katta gabaritli yuk tashishda.
  2. Yo'q

Tushuntirish

YHQ 6-bobi 28-bandiga asosan: Zarg'aldoq yoki sariq rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar transport vositalarida quyidagi hollarda yoqilgan bo'lishi kerak: yo'lda qurilish, ta'mirlash yoki tozalash ishlari olib borilayotganda, shuningdek, shikastlangan, nosoz transport vositalarini ortishda, tashishda; yo'l harakatida qatnashayotgan, gabarit o'lchamlari ushbu Qoidalarning 164-bandida belgilangandan ortiq bo'lgan, shuningdek, og'ir vazn va katta hajmli hamda xavfli yuklarni tashiyotgan transport vositalarini kuzatib borishda; portlovchi, tez alangalanadigan, radioaktiv moddalarni va zaharli darajasi o'ta yuqori bo'lgan moddalarni tashishda; umumiy foydalanishdagi transport vositasi yo'llarida velosipedchilarning tashkiliy jamlanmasini kuzatib borishda. Yoqilgan zarg'aldoq va (yoki) sariq rangli mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va yo'l harakatining boshqa qatnashchilarini faqat xavf haqida ogohlantiradi.

YHQ testini bepul yechish