YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 1061Bilet 54Svetofor ishoralari

Ushbu svetofor tramvayga qaysi yo'nalishda harakatlanishga ruxsat beradi?

Ushbu svetofor tramvayga qaysi yo'nalishda harakatlanishga ruxsat beradi?
  1. Faqat to'g'rigaTo'g'riga faqat o'rtadagi yuqori va pastki ishora birga yonganda ruxsat beriladi. Bu yerda barcha yo'nalishlarda harakat taqiqlanadi: faqat yuqoridagi uchta ishora yonadi.
  2. Barcha yo'nalishlargaHarakatlanishga faqat pastki ishora va yuqoridagi bir yoki bir nechta ishora yonganda ruxsat etiladi. Faqat yuqoridagi uchta ishora yonsa, hech qayoqqa yurish mumkin emas.
  3. Barcha yo'nalishlarda harakatlanish taqiqlanadi

Tushuntirish

YHQ 7-bobi 36-bandi: Tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma bo'ylab harakatlanayotgan boshqa yo'nalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun “T” harfi ko'rinishida joylashgan to'rtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qo'llanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o'zida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o'ngdagisi o'ngga, o'rtadagisi to'g'riga yurishga ruxsat beradi. Pastdagi ishora o'chirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.

YHQ testini bepul yechish