Bu taniqlik belgisi o'rnatiladi:
- Vaqtinchalik ta'mirlash ishlari olib borilayotgan yo'l qismlarigaVaqtinchalik ta'mirlash ishlari boshqa belgilar bilan ko'rsatiladi. Mashinadagi qora «!» tushirilgan sariq kvadratning yo'l ishlariga aloqasi yo'q.
- Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositalarigaXavfli yuklar boshqa taniqlik belgilari bilan belgilanadi. «!» tushirilgan sariq kvadrat haydovchilik staji 2 yildan kam haydovchini bildiradi.
- Haydovchi staji 2 yildan kam bo'lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalariga
Tushuntirish
YHQ 29-bobi 176-bandi: “Haydovchilikni endi boshlagan” — “Haydovchilik malakasi yetarli bo'lmagan” haydovchilik staji 2 yildan kam bo'lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalarining (traktorlar, o'ziyurar mashinalar mototsikl, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlardan tashqari) orqasida — ichiga qora rangli 110 millimetr balandlikdagi “!” belgisining tasviri tushirilgan, sariq rangli, tomonlari 150 millimetr bo'lgan kvadrat ko'rinishidagi belgi.